Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ozodbek Nazarbekov: "Mirza Azizovning o‘limi bizni qayg‘uga soldi"

Ozodbek Nazarbekov: "Mirza Azizovning o‘limi bizni qayg‘uga soldi"

Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarbekov O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizovning o‘limi haqida yozdi:

"Shafqatsiz o‘lim O‘zbekiston san’ati fidoyilaridan yana birini oramizdan olib ketdi. Muqimiy nomidagi O‘zbekiston davlat musiqali teatri direktori, O‘zbekiston xalq artisti Mirza Azizov ayni ijodiy faoliyatining gullagan chog‘ida 58 yoshida bizni tark etdi. 

O‘ttiz yildan ortiq vaqt davomida o‘zining fidokorona mehnati, betakror rollari, sahnalashtirgan spektakllari bilan muxlislar mehrini qozongan, teatr san’ati sohasida o‘ziga xos o‘rniga ega bo‘lgan Mirza Azizovning bevaqt o‘limi yaqinlarini, teatr jamoasini og‘ir qayg‘uga soldi. 

Uning san’at sohasidagi ilk qadamlari shu qutlug‘ dargohda boshlangan. O‘tgan qisqa vaqt ichida “Yusuf va Zulayho”, “Farhod va Shirin”,  “Nodirabegim”, “ Alpomishning qaytishi”, “Toptalgan tuyg‘u”, “Medeya”kabi qiziqarli spektakllardagi rollari bilan e’tiborga tushdi. 

Parijda namoyish etilgan “Temur saltanatida shoir va shoiralar”, “Ipak yo‘li” kabi spektakllardagi yuksak darajadagi ijrosi olqishlarga sazovor bo‘lgan edi. U nafaqat teatrdagi aktyorlik, rejissyorlik faoliyati, balki qator kinofilmlardagi mahoratli ijrolari bilan ham xalqimiz qalbidan chuqur joy oldi.  Mirza Azizov 2014 yilda “Yilning eng faol kinoaktyori”, “Yilning eng faol ma’naviyat targ‘ibotchisi”  sifatida ham  e’tirof etilgan.

2017 yildan e’tiboran teatrning jonkuyar rahbari, jamoa a’zolarining yaqin do‘sti sifatida hurmat, e’tibor qozondi. Afsus u boshlagan ko‘pgina xayrli ishlar endi shogirdlari tomonidan davom ettiriladi.

Ardoqli san’atkorimiz Mirza Azizovning vafoti munosabati bilan uning oilasi va yaqinlariga, jamoasiga chuqur ta’ziya izhor etamiz. Uning yorqin xotirasi qalblarimizda mangu yashaydi".

Kiritildi: 15:05 16.04.2021. O'qildi: 11665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!