Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri bo‘lganidan keyin ham to‘ylarda kuylashni davom ettiradimi?

Ozodbek Nazarbekov madaniyat vaziri bo‘lganidan keyin ham to‘ylarda kuylashni davom ettiradimi?

22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasining barcha qo‘mitalarida yangi hukumat a’zoligiga nomzodlar ko‘rib chiqilgan va muhokama qilingandi. Muhokamalar yakuniga ko‘ra O‘zbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov nomzodi madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi.

U «Sevimli» telekanaliga bergan intervyusida vazir bo‘lganidan so‘ng xonandalik faoliyatini davom ettirishi yoki to‘xtatishi haqidagi savolga javob berdi:

«Ehtimol, vazirlikda biroz tartib o‘rnatilganidan keyin, parlamentga murojaat qilib, ijodkor odamlar davlat ishiga keladigan bo‘lsa, ular uchun ijodiy kun ajratilishini talab qilarmiz. Haftada ‘besh kun ish, ikki kun ijodiy kun’ deb imkoniyat berish kerak. 

Bu — bizning ichki dardimiz. Men, masalan, 2,5 yildan beri uyga yo studiyaga borganimda uyqumning hisobidan g‘uborimni chiqaryapman. Dam olish kunlari deyarli yo‘q. Ish juda ham ko‘p», — deydi Ozodbek Nazarbekov.

Kiritildi: 14:07 23.01.2020. O'qildi: 2603 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!