Bugun 26 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Ozarbayjon hukumati ishsizlarga yordam berish uchun 32 million dollardan ortiq mablag‘ ajratdi

Ozarbayjon hukumati ishsizlarga yordam berish uchun 32 million dollardan ortiq mablag‘ ajratdi

Ozarbayjon Mehnat va aholini ijtimoiy himoya qilish vaziri Sahil Babayev iyun-iyul oylarida ishsizlarga yordam berish uchun qariyb 32,3 million dollar ajratilishini ma’lum qildi, deya xabar beradi "Interfaks".

- Joriy yilning aprel-may oylarida 600 ming fuqaroga 229 million manat ijtimoiy yordam to‘plami tashkil etildi. COVID-19 tufayli hozirda Ozarbayjonning 16 shahar va tumanlarida qattiq karantin rejimi qo‘llanilmoqda. Iyun-iyul oylarida fuqarolarni ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash uchun byudjetdan yana 55 million manat ajratildi ", deydi Babayev.

Bundan tashqari, ma’lumotlarga ko‘ra, iyun oyi uchun 190 manat miqdorida ijtimoiy yordam to‘lovlari 8 shahar va tumanlarda boshlangan, qolgan 8 shahar va tumanlarda esa bu ish keyingi hafta davomida amalga oshiriladi.

 

 

Kiritildi: 22:00 06.07.2020. O'qildi: 1672 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!