Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Ov quroli qo‘llagan holda odam hayotiga suiqasd qilindi

Ov quroli qo‘llagan holda odam hayotiga suiqasd qilindi

2019 yil 20 oktyabr kuni soat 00.00larda Jizzax viloyati, SH.Rashidov tumani, Toqchilik mahallasida fuqaro Zafar I. (1979 y.t.) fuqaro Yorqin B. (1999 y.t.) va uning qarindoshlari bilan o‘zaro janjallashib, MS-2112 rusumli ov quroli bilan ularga qarata 6 marotaba o‘q uzib, qasddan o‘ldirishga suiqasd qilgan.  Bu haqda Bosh prokuratura Jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar qildi.

Mazkur holat yuzasidan 21.10.2019 yilda SH.Rashidov tumani prokuraturasi tomonidan Zafar I.ga nisbatan JKning 25, 97-moddasi 2-qismi "a" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 

Zafar I. prosessual tartibda ushlangan. 

Tergov harakatlari davom etmoqda.

Kiritildi: 23:00 22.10.2019. O'qildi: 1716 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!