«Otopleniye» 3 noyabrdan yoqiladi.
Toshkentda issiqlik berilishi boshlanadi. Toshkent shahar hokimligi qaroriga ko‘ra, 3 noyabrdan — ijtimoiy ob’ektlarda (maktab, bog‘cha, shifoxona va boshqalarda), 5 noyabrdan — turar joy binolarida markazlashgan issiqlik ta’minoti yo‘lga qo‘yiladi.