Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Otabek Umarov Triatlon federasiyasi va MMA rahbarligidan ketdi. Nega?

Otabek Umarov Triatlon federasiyasi va MMA rahbarligidan ketdi. Nega?

Pandemiya sharoitida ko‘plab ommaviy tadbirlar qatori ayrim sport turlari o‘tkazilmasdan kelmoqda. Kun.uz muxbiri 2019 yilning 7 martidan O‘zbekiston Triatlon federasiyasi raisi, 8 noyabridan MMA assosiasiyasi prezidenti sifatida faoliyat ko‘rsatib kelayotgan Otabek Umarov bilan suhbatlashdi.

— Otabek Muhammadaliyevich, koronavirus pandemiyasi davrida aksariyat sport musobaqalari «ta’til»ga chiqdi. Siz rahbarlik qilayotgan Triatlon federasiyasi va MMA assosiasiyasi ham mustasno emas. Bizga biror yangilik ayta olasizmi?

— Men O‘zbekistonda ko‘p ham mashhur bo‘lmagan sport turlari nafaqat munosib tarzda ommalasha boshlagani, yoshlar o‘rtasida ma’lum bir nufuzga ega bo‘lgani bilan juda faxrlanaman. 

Hamfikr jamoa bilan juda ko‘p ishlar qildik, hali qilinadigan ishlar ham talaygina. Ularga erishish uchun bu tashkilotlarda ishlangan rejalar ham, zarur resurslar ham mavjud.

Fursatdan foydalanib, bugun juda ko‘p o‘ylanib chiqargan qarorim haqida aytishga jazm qilmoqdaman. Bu qarorga kelishim oson bo‘lgani yo‘q — Triatlon federasiyasi va Aralash jang san’ati assosiasiyasi rahbarligida o‘tkazgan vaqtim mobaynida mamlakatimizning chinakam faxrlari hisoblanadigan iqtidorli va istiqbolli sportchilarga juda bog‘lanib qolgan edim.

Hayot doimo oldimizga yangidan yangi chaqiriqlar qo‘yadi: joriy yil esa chaqiriqlar tasavvur etib bo‘lmas darajada ham bo‘lishi mumkinligini ko‘rsatmoqda. Mamlakatimiz, butun xalqimiz butun dunyoni boshi berk ko‘chaga qamab qo‘ygan tahdid bilan to‘qnash keldi. 

O‘z-o‘zidan, ayni paytda ro‘baro‘ bo‘lib turgan qiyinchiliklarni yengish uchun har birimizdan bor kuch-g‘ayratimizni sarf etish talab etiladi. Paydo bo‘lgan vaziyatda davlat xizmatini olib borish, jamoatchilik xavfsizligini ta’minlash bilan bog‘liq vazifalar prinsipial yangi xarakter kasb etishi va misli ko‘rilmagan mas’uliyat darajasi talab qilishini yaxshi tushunib turibman. Bu menda sport tashkilotlarida egallab turgan lavozimini tark etishdan o‘zga tanlov qoldirmayapti. 

— Ya’ni, siz Triatlon federasiyasi va MMA assosiasiyasi rahbarligini tark etmoqchisiz? Sababi nimada?

— Sababi oddiy: Triatlon federasiyasi ham, MMA assosiasiyasi ham vaqt va e’tibor talab qiladi, yangi sharoitlarda esa men buni kafolatlay olmayman. 

— Shaxsan o‘zingizning e’tiboringizsiz endi ommalashayotgan va tetapoya bo‘layotgan bu sport turlariga qiziqish kamayib ketmaydimi?

— Yo‘q, mening o‘rnimga keladigan insonlar O‘zbekistonda triatlon va MMA pozisiyalarini mustahkamlash, sog‘lom hayot tarzi va muvaffaqiyatga yo‘nalgan sport targ‘iboti tomon harakatni davom ettirishadi deb niyat qilib qolaman. 

Hurmatli delegatlar men uchun qadrli bo‘lgan tashkilotlarni boshqarish uchun tayinlashga kimni loyiq deb topishmasin, ular mening qo‘llab-quvvatlashimga ishonishlari mumkin, chunki men milliy sportning qizg‘in muxlisi va elchisi bo‘lib qolaveraman.

— Federasiya raisligi va assosiasiya prezidentligiga nomzodlar bormi? 

— Jamoa nomzodlar tanlagan, albatta. Kimlarning nomzodlari ko‘rib chiqilayotganini delegatlarimiz ularni ovoz berish yo‘li bilan tayinlab, rasman e’lon qilinguncha sir saqlaymiz.

Fursatdan foydalanib, men o‘zim bilan yelkama-elka turib mehnat qilgan, menga yordam bergan va ilhomlantirgan insonlarga, shuningdek, bo‘shashmasdan ishlashimga ta’minlaganlarga esa tashakkur bildirmoqchiman. Sizlarning har birlaringiz menga ko‘p narsalarni o‘rgatdingiz, ko‘p narsada aynan sizlar tufayli bu davrni hayotimning oson bo‘lmagan, biroq juda qiziqarli bosqichi sifatida eslayman. Sizlarga rahmat!

Kiritildi: 14:50 14.08.2020. O'qildi: 10644 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!