Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Otabek Umarov: "Ma’rifatxonning bu ishi menga katta saboq bo‘ldi"

Otabek Umarov: "Ma’rifatxonning bu ishi menga katta saboq bo‘ldi"

O‘zbekiston triatlon federasiyasi raisi Otabek Umarov Instagram’dagi sahifasida qizining tavallud kuniga bag‘ishlangan post qoldirdi.

Uning aytishicha, qizi Ma’rifatxon tavallud ayyomini 21-son mehribonlik uyida o‘tkazish istagida ekanini bilganidan hayratga tushgan.

«Tug‘ilgan kuni arafasida qizim @marifatkhon_otabekovna meni hayron qoldirdi. Farzandim tavallud ayyomini 21-son mehribonlik uyida o‘tkazish istagida ekani meni nihoyatda mamnun etdi. 

Ma’rifatxonning bu niyati menga saboq berdi va sergaklantirdi. Yaxshilik ulashish istagi biror bir jadval yoki taqvimdagi qizil sana emas, balki qalb va yurak amri bilan yuzaga chiqishi lozim. 

Yonimizda ezgulikka muhtoj insonlar borligini aslo unutmaylik», - deb yozadi Otabek Umarov.

Kiritildi: 14:27 21.09.2019. O'qildi: 4350 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!