Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Osiyoda Jahon chempionati-2026 yo‘llanmalari uchun kurash davom etmoqda

Osiyoda Jahon chempionati-2026 yo‘llanmalari uchun kurash davom etmoqda

Osiyo mintaqasida Jahon chempionati-2026 to‘rtinchi saralash bosqichi o‘yinlari davom etmoqda.

11 oktyabr sanasida ikki o‘yin bo‘lib o‘tdi.

Dastlab A guruhi vakillari BAA O‘mon o‘zaro kuch sinashdi. O‘yinda amirliklar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Bu g‘alaba evaziga BAA 3 ochko bilan guruh peshqadami bo‘lib oldi. 2 o‘yinda 1 ochko to‘plagan O‘monda JChga to‘g‘ridan-to‘g‘ri chiqish imkoniyati yo‘qoldi. 3-turda BAA Qatarni (1 ochko ikkinchi o‘rinda) yirikroq hisobda mag‘lub etsa, O‘mon 2-o‘rin bilan 5-saralash bosqichiga chiqishi mumkin.

B guruhida Iroq Indoneziyani 1:0 hisobida taslim qildi.

Indoneziya 2 o‘yinda birorta ochko ololmadi va JChdan umidini uzdi. Iroq 3-turda Saudiya bilan o‘yinda yo‘llanma masalasini hal qilib oladi. Ikkala jamoani ham g‘alaba JChga olib chiqadi.

Kiritildi: 09:01 12.10.2025. O'qildi: 1335 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!