"Huquqiy axborot" kanali 1 noyabrdan kuchga kirayotgan yangi tartiblar, oshirilayotgan maoshlar va bekor bo‘layotgan imtiyozlar haqida ma’lumot berdi.
1. Har yili noyabrda “Keksalar uchun turizm oyligi” o‘tkaziladi
Hukumat qaroriga ko‘ra, noyabr oyi “Keksalar uchun turizm oyligi” deb e’lon qilingan.
Ushbu tadbir doirasida hududlardagi turizm infratuzilma ob’ektlari tomonidan ixtiyoriy taqdim qilinadigan chegirma va aksiyalar Turizmni rivojlantirish davlat qo‘mitasining veb-sahifalarida e’lon qilib boriladi.
2. Soliq kodeksi bilan berilgan quyidagi imtiyozlar bekor qilinadi:
Er solig‘i bo‘yicha quyidagilar tomonidan egallangan yer uchastkalari:
Mol-mulk solig‘i bo‘yicha sanatoriy-kurort xizmatlari ko‘rsatish uchun foydalaniladigan ko‘chmas mulk ob’ektlari, agar ular turistik zonalarda joylashgan bo‘lsa.
3. Sog‘liqni saqlash organlari boshqaruv xodimlariga har oylik ustama to‘lanadi
Sog‘liqni saqlash vazirligi va hududiy boshqaruv organlari xodimlariga quyidagi miqdorda ko‘p yillik ishlaganlik uchun har oylik ustama to‘lanadi (rag‘batlantirish koeffisiyentini inobatga olgan holda lavozim maoshiga nisbatan koeffisiyentlarda):
4. DTM hamda Badiiy akademiya xodimlarining maoshlari oshiriladi
DTM boshqaruv xodimlari lavozim maoshlarini aniqlashda tarif koeffisiyentlari 1,5 baravar miqdorida qo‘llaniladi.
O‘zbekiston Badiiy akademiyasi markaziy apparati xodimlarining lavozim maoshiga 100 foiz miqdorida oylik ustamalar belgilanadi.
5. Eksportbop qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish, tayyorlash va qadoqlash bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlarga mahsulotlarni xorij fitosanitariya talablariga muvofiqlashtirishga amaliy yordam berish uchun o‘simliklar karantini davlat inspektorlari biriktiriladi.
O‘z hududida aniqlangan zararli organizmlar hamda fitosanitar dala nazoratini o‘tkazish to‘g‘risida O‘simliklar karantini davlat inspeksiyasiga ixtiyoriy murojaat qilgan va ularning oqibatlarini bartaraf etgan shaxslar ma’muriy javobgarlikdan ozod qilinadi.
6. Bojxona tizimida yangicha tartib
Bojxona tizimida quyidagicha tartiblar o‘rnatiladi:
7. Mobil aloqa operatorlari uchun imtiyozlar
Mobil aloqa operatorlariga radioelektron qurilmalar, asbob-uskunalar va boshqa qurilmalarni O‘zbekistonga olib kirish ruxsatnomasini, sotib olish, o‘rnatish, loyihalash va qurish uchun ruxsatnoma olmasdan, belgilangan tartibda rasmiylashtirish huquqi beriladi.
Barcha vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarida amaldagi rahbar o‘rinbosarlaridan biriga raqamlashtirish bo‘yicha o‘rinbosar (Chief Digital Officer) vakolatlari yuklatiladi.
8. Davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtiroki kengaytiriladi
Davlat xaridlari tizimida mahalliy ishlab chiqaruvchilar ishtirokini kengaytirish maqsadida: