Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

“Ortiqxo‘jayev Jahongir akani buyrug‘i” bilan kelgan “Crafers” haydovchisi ishdan haydaldi (+video)

“Ortiqxo‘jayev Jahongir akani buyrug‘i” bilan kelgan “Crafers” haydovchisi ishdan haydaldi (+video)

Toshkentda yo‘l qoidasini atayin buzgan haydovchi teledastur ijodkorlariga qo‘pollik qildi. Bu haqda EVERYDAY.UZ muxbiri xabar qildi.

“Toshkent” telekanalida efirga uzatilgan dasturlarning birida yo‘l chetida to‘xtash mumkin bo‘lmagan joyda qoidani buzib, to‘xtagan avtomashinalar efirga uzatildi. Ana shunday holatlarning birida “Crafers” reklamasi tushirilgan “Malibu 2” haydovchisi to‘xtash mumkin bo‘lmagan joyda to‘xtab, archaga kelganini va ““Ortiqxo‘jayev Jahongir akani topshirig‘i” bilan yurganini aytib, qo‘pollik qilib voqea joyidan ketib qolgan.

Shundan so‘ng kompaniya holatga rasmiy izoh berib, avtomashina haydovchisi ishdan olinganini ma’lum qilgan.

Kiritildi: 10:30 27.01.2020. O'qildi: 6330 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!