Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Organizmda pnevmoniyadan so‘ng qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

Organizmda pnevmoniyadan so‘ng  qanday o‘zgarishlar bo‘ladi?

AOKAda Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Nargiza Nurillayeva pnevmoniya haqidagi muhim savollarga javob berdi.

"Pnevmoniya bilan  kasallangan organizmning tiklanishi oson jarayon emas. Bu o‘pkaning shikastlanish darajasi va intoksikasiya bilan bog‘liq bo‘ladi. Pnevmoniyada kislorod va nafas yetishmovchiligi kuzatiladi. Shuning uchun tiklanish jarayoni bir qancha vaqt talab etadi. 

Pnevmoniyadan so‘ng kuzatilgan noxushlik va kuchli holsizlik temir tanqisligi bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Temir moddasi yallig‘lanish jarayonlarida organizmda faol qatnashadi. Bundan tashqari, surunkali yurak yetishmovchiligida, buyrak yetishmovchiligi kabi xolatlarda ham kuzatilishi mumkin. Bunday holatlarda davolovchi shifokor bilan maslahatlashish zarur. Bemor holatidan kelib chiqib mos bo‘lgan preparatni qabul qilish tavsiya etiladi. 

— Doimiy hansirash pnevmoniyadan tashqari doimiy hansirash quyidagi kasalliklarda kuzatilishi mumkin:

— Yuqori nafas yo‘llari va o‘pka kasalliklarida; 

— Yurak kasalliklarida;

— Qon kasalliklarida; 

— Kamharakat hayot tarzi – bunda biroz jismoniy harakatda hansirash paydo bo‘lishi mumkin; 

— O‘RVI yoki boshqa infeksion kasalliklar fonida.

Hansirash jiddiy belgi hisoblanadi, shuning uchun siz tashxisni aniqlashtirish maqsadida shifokorga murojaat qilishingiz zarur!

Oddiy grippga karshi vaksina koronavirus infeksiyasiga ta’sir ko‘rsatmaydi.

Kiritildi: 14:43 12.08.2020. O'qildi: 2853 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!