Vengriya Bosh vaziri Viktor Orban juma kuni isroillik hamkasbi Benyamin Netanyaxuni Budapeshtga tashrif buyurishga taklif qildi.
Viktor Orbanning aytishicha, Vengriya hukumati BMT Xalqaro jinoiy sudining bir kun avval Netanyaxuni G‘azo sektorida harbiy jinoyatlarda ayblab hibsga olishga order bergan qaroriga amal qilmaydi.
Viktor Orban XJS qarorini «hozirgi mojaroga siyosiy sabablarga ko‘ra aralashuv» deb atadi, bu uning fikricha, xalqaro huquqni buzadi va mintaqada keskinlikni kuchaytiradi. Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyarto ham XJS harakatini «bema’nilik» deb atadi.
Benyamin Netanyaxu bunga javoban Vengriya Bosh vaziriga «axloqiy pokligi va adolat va haqiqatni qo‘llab-quvvatlagani» uchun minnatdorchilik bildirdi. U Xalqaro Sud qarorini «Isroilning o‘zini himoya qilish huquqiga qarshi g‘azablangan qadam» deb atadi.
🔸Vengriya, boshqa barcha Yevropa Ittifoqi davlatlari singari, Xalqaro Jinoyat Sudining a’zosi va uning qarorlarini bajarishga majburdir, biroq agar mamlakat buni amalga oshirishdan bosh tortsa, XJSda ularning bajarilishini ta’minlash imkoni yo‘q.
🔸XMK 21 noyabr kuni Benyamin Netanyaxu va Isroil sobiq mudofaa vaziri Yoav Golantni hibsga olishga order berdi. Sud Isroil rasmiylarini G‘azo sektorida urush jinoyatlari va insoniyatga qarshi jinoyatlarda ayblaydi.