Bugun 8 dekabr, 2025 yil, dushanba

КИР

Orban Yevroittifoqning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan mudofaa rejasiga qarshi Vengriya fuqarolari orasida imzo to‘plashini e’lon qildi

Orban Yevroittifoqning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashni o‘z ichiga olgan mudofaa rejasiga qarshi Vengriya fuqarolari orasida imzo to‘plashini e’lon qildi

Vengriya bosh vaziri bu haqda Facebook'dagi sahifasida ma’lum qildi.

"Bizni “qaynoq kuz” kutmoqda. Yevropa tez sur’atlarda urush tomon harakatlanmoqda. Bir necha hafta oldin Kopengagenda Bryusselning harbiy rejasi taqdim etildi. Unga ko‘ra, Yevropa to‘laydi, ukrainaliklar jang qiladi, Rossiya esa holdan toyadi", — deb yozdi Viktor Orban.

Evropa Ittifoqi yetakchilarining Kopengagenda bo‘lib o‘tgan sammitida asosiy mavzu YEIni Rossiya tomonidan yuzaga kelayotgan xavflardan himoya qilish bo‘lgandi. Ushbu sammitda, shuningdek, Yevropani himoya qilish uchun “dronlar devori” yaratish va havo makonini birgalikda kuzatish tizimini yo‘lga qo‘yish masalalari muhokama qilingandi.

Kiritildi: 17:11 12.10.2025. O'qildi: 690 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!