Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Oradan 4 yil o‘tib kran ostida halok bo‘lganlarning oilalariga kompensasiya to‘landi

Oradan 4 yil o‘tib kran ostida halok bo‘lganlarning oilalariga kompensasiya to‘landi

2015 yilgi haj paytida qurilish kranining qulashi oqibatida 107 nafar ziyoratchi halok bo‘lgan va yuzlab musulmon jarohat olgan edi.

Fojiadan to‘rt yildan ko‘proq vaqt o‘tib, kran ostida halok bo‘lgan yetti nafar malayziyalik ziyoratchilarning yaqinlariga Saudiya Arabistoni tomonidan tovon puli to‘landi.

ArabNews xabariga ko‘ra, o‘lganlarning merosxo‘rlariga 1 million riyoldan (267 ming dollar), yarador bo‘lganlarning har biriga yarim million riyoldan berilgan. Tovon pulini qirol Salman shaxsiy mablag‘lari hisobidan to‘lagan va cheklarni Saudiya Arabistonining Malayziyadagi elchisi Mahmud Husayn Said Kattan tegishli oilalarga topshirgan.

Bundan tashqari, qurbonlarning oilalariga Malayziya ziyoratchilar jamg‘armasi tomonidan 5000 dollar va takaful sxemasi (islomiy sug‘urta) bo‘yicha ham 5000 dollar ajratilgan.

2017 yilda Saudiya Arabistoni sudi Makkadagi kranning qulashi bo‘yicha Saudi Bin Laden Group kompaniyasini javobgarlikdan ozod qildi. Halokatga inson omili sabab bo‘lmagani aytilib, kompaniyaga qurbonlarning oilalariga kompensasiya to‘lash va masjidga yetkazilgan zararni qoplash majburiyatini yuklamaslik to‘g‘risida qaror chiqarildi.

Kiritildi: 10:15 20.01.2020. O'qildi: 2698 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!