Oq uy yaqinidagi otishmadan so‘ng Tramp Maxfiy xizmatni "buyuk", hujumchini esa "aqldan ozgan" deb atadi.
AQSh prezidenti Donald Tramp Truth Social tarmog‘ida Oq uy yaqinidagi otishmaga munosabat bildirdi.
"Oq uy yaqinida qurollangan, muqaddam zo‘ravonlik sodir etgan va mamlakatimizning eng muqaddas binosiga nisbatan aqldan ozgandek hujum qilgan shaxsga qarshi tezkor va professional harakatlar qilgani uchun bizning buyuk Maxfiy xizmatimiz hamda huquq-tartibot idoralarimizga rahmat", — deb yozdi prezident.
Trampning aytishicha, ushbu voqea u Oq uy jurnalistlari bilan kechki ovqatda bo‘lganida yuz bergan otishmadan bir oy o‘tib sodir bo‘lgan.
"Bu voqea kelajakdagi barcha prezidentlar uchun Vashingtonda shu paytgacha qurilgan eng xavfsiz va eng himoyalangan ob’ektga ega bo‘lish qanchalik muhimligini ko‘rsatadi", — deya qo‘shimcha qildi Tramp.