Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Oq uy Xitoy aviakompaniyalariga AQShga parvozlarni taqiqladi 

Oq uy Xitoy aviakompaniyalariga AQShga parvozlarni taqiqladi 

AQSh prezidenti Donald Tramp ma’muriyati Xitoy aviakompaniyalariga AQShga yo‘lovchi parvozlarini bajarishni taqiqlashga qaror qildi. Bu haqda AQSh transport vazirligining 3 iyundagi buyrug‘ida aytilgan.

Hujjatda taqiqlov 16 iyundan kuchga kirishi, biroq bu sana ertaroqqa ko‘chirilishi mumkinligi ta’kidlab o‘tilgan.

Bu Vashingtonning Pekinning AQSh aviakompaniyalariga 1 iyundan avvalgi ishlash tartibiga qaytishini rad etishiga javob bo‘lgan. AQSh aviakompaniyalari koronavirus pandemiyasi sababli Xitoyga parvozlarni qisqartirishiga to‘g‘ri kelgandi. “Xitoyning iltimosimizni ma’qullay olmasligi havo transporti haqidagi kelishuvimizning buzilishi hisoblanadi”, deyilgan AQSh transport vazirligi hujjatida.

Ushbu taqiqlov Air China, Beijing Capital Airlines, China Eastern Airlines, China Southern Airlines, Hainan Airlines, Sichuan Airlines va Xiamen Airlines aviakompaniyalarini qamrab oladi.

22 may kuni Vashington Pekinni AQSh aviakompaniyalariga parvozlarni qayta boshlashga to‘sqinlik qilayotganlikda ayblagandi va Xitoyning Air China, China Eastern Airlines, China Southern Airlines va Hainan Airlines aviakompaniyalariga AQSh transport vazirligiga o‘z reyslari jadvali va ular haqida boshqa ma’lumotlar taqdim qilishni majburlab qo‘ygan. Vazirlik Xitoy aviakompaniyalari reyslarini “amaldagi qonunchilikka zid yoki jamiyat manfaatlariga salbiy ta’sir ko‘rsatuvchi” deb topishi mumkinligidan ogohlantirgan.

 

Kiritildi: 08:35 04.06.2020. O'qildi: 2180 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!