Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Onkologik kasalliklarni erta aniqlash imkoniyati yanada kengaydi

Onkologik kasalliklarni erta aniqlash imkoniyati yanada kengaydi

Ma’lumotlarga ko‘ra, jahonda onkologik kasalliklardan o‘lim ko‘rsatkichlari yurak-qon tomir kasalliklaridan keyingi ikkinchi o‘rinni egallaydi. Eng achinarlisi, bemorlarning deyarli 60 foizi kasallikning kechki III-IV bosqichlarida aniqlanayotganligidir.

Shu bois, davlatimiz rahbari tomonidan tibbiyot, shu jumladan, onkologiya sohasiga juda katta e’tibor qaratilmoqda. Prezidentimizning 2017 yil 4 apreldagi “2017 – 2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasida onkologiya xizmatini yanada rivojlantirish va aholiga onkologik yordam ko‘rsatishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”giqarori sohada yechimini kutayotgan dolzarb vazifalar ijrosini ta’minlashda muhim huquqiy asos bo‘lmoqda. Qaror ijrosi doirasida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi tashkil etilib, viloyatlardagi barcha onkologiya dispanserlari mazkur markazning filiallariga aylantirildi. Bu esa onkologik kasalliklarni erta tashxislash va samarali davolashda yangi davrni boshlab berdi.

Ushbu ezgu sa’y-harakatlarning davomi sifatida Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining yangi, zamonaviy Konsultativ-diagnostika poliklinikasi binosi foydalanishga topshirildi. Natijada onkologik kasalliklarni erta aniqlash imkoniyati yanada kengaydi. Ya’ni, malakali mutaxassislar tomonidan bemorlarga erta va aniq tashxis qo‘yish, eng zamonaviy texnologiyalar asosida samarali davolash bo‘yicha ham ko‘plab qulayliklar yaratildi.

Mazkur zamonaviy va innovasion poliklinika qurilishi uchun Investisiya dasturi asosida, qisqa davrda 3 qavatli yangi bino rekonstruksiyadan chiqarilib, old qismida 2 qavatli xoll qurildi. Mazkur zamonaviy inshoot 300 qatnovga mo‘ljallangan bo‘lib, u maslahat poliklinikasi, rentgen, ultratovush va endoskopik diagnostika, klinik laboratoriya hamda saraton profilaktikasi markazi va boshqa bo‘limlarni o‘z ichiga oladi.

Tadbirda Sog‘liqni saqlash vaziri Alisher Shadmanov, Respublika ixtisoslashtirilgan onkologiya va radiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazi direktori Mirzag‘olib Tillyashayxovlar so‘zga chiqishdi. Ular o‘z nutqida foydalanishga topshirilayotgan ushbu binoda onkologik kasalliklar profilaktikasi, ularning oldini olish, erta tashxislash hamda dunyo andozalariga mos ravishda davolash uchun zarur barcha sharoitlar yaratilganini ta’kidlab o‘tishdi.

Yangi maslahat poliklinikasiertalab soat 8.00 dan kech soat 20.00 gacha uzluksiz faoliyat ko‘rsatadi. Bu yerda barcha qulaylikka ega 180 o‘rinli kutish zallari bemor va uning yaqinlari uchun xizmat qiladi. Poliklinikada bemorlarni qabul qilish va ularga sifatli yordam ko‘rsatish maqsadida barcha xonalar mutaxassisliklar bo‘yicha zamonaviy jihozlar va diagnosti uskunalar bilan ta’minlangan. Bu yerda barcha soha o‘smalarini aniqlash yoki inkor qilish, ularni davolash bo‘yicha yuqori malakali maslahat berish uchun yetuk mutaxassislar jalb etilgan.

Endilikda bu yerda ultratovush orqali tekshiruv jarayoni bevosita poliklinikada faoliyat yuritadigan mutaxassislarning o‘z xonalarida amalga oshiriladigan bo‘ldi. Bu esa bemorlarning ortiqcha navbat kutib qolishi kabi turli muammolarning oldini olishgaxizmat qiladi. Bundan tashqari, bemorlar va ularning yaqinlari uchun binoning birinchi hamda ikkinchi qavatlari hamda xoll qismida elektron navbatni kuzatib borish monitorlario‘rnatildi.

Maslahat poliklinikasida elektron ro‘yxatga olish tizimijoriy etilganligi sabab fuqarolar mazkur sayt orqali “shifokor qabuliga onlayn yozilish” funksiyasi yordamida elektron ro‘yxatga yozilishlari hammumkin.Binoning 3-qavatida Saraton profilaktikasi markazi joriy etilgan bo‘lib, ayni paytdaushbu markaz kanser-registr tizimi, skrining tadqiqotlari, statistik ma’lumotlar bazasini yaratish uchun zarur uskuna, kompyuter texnikasi va lokal hamda umumiy tarmoq bilan ta’minlangan.

Tadbir ishtirokchilari binoning bo‘lim va xonalarida bo‘lishib, yaratilgan sharoitlar, jihozlanishi, mavjud diagnostik va davolash uskunalari bilan tanishishdi. Elektron navbatga yozilish, ro‘yxatxona ish faoliyati va boshqa texnik imkoniyatlarning amalda qo‘llanilishini bevosita kuzatishdi. Ular muassasaning moddiy va texnik imkoniyatlariga, yaratilgan sharoitlarga yuqori baho berishdi.

Kiritildi: 06:45 05.07.2019. O'qildi: 1316 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!