Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Onkologik kasalliklarga qarshi kurashuvchi sabzavot

Onkologik kasalliklarga qarshi kurashuvchi sabzavot

Amerikalik olimlar karamni tez-tez iste’mol qilib turish umrni uzaytirishi, organizmni onkologik kasalliklarga olib keladigan xavfli yallig‘lanishlardan himoya qilishini isbotlab berishdi.

Karam K hamda V6 vitaminlari, kalsiy, kaliy, tiamin va foliy kislotasiga boy. Bundan tashqari, uning tarkibida C vitamini va marganes kabi antioksidantlar ham bor. Mahsulot tarkibidagi sulforafan esa saratonga va turli bakteriyalarga qarshi kurashadi. Aynan mana shu birikma tufayli qizilo‘ngach va oshqozon osti bezi saratoni xavfi kamayadi.

Ekspertlarning ta’kidlashlaricha, surunkali yallig‘lanish jarayoni DNKning zararlanishiga olib keladi, bu esa o‘z navbatida saratonga sabab bo‘ladi. Karam tarkibidagi foydali moddalarni saqlab qolish uchun uni dimlab pishirish tavsiya etilgan.

Kiritildi: 17:51 27.09.2021. O'qildi: 3886 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!