Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

😷 Ona sutida koronavirusga qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjudligi aniqlandi

😷 Ona sutida koronavirusga qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjudligi aniqlandi

JSST ona sutida koronavirusga qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjudligini aniqladi. Bu haqda SSV huzuridagi Koronavirusga qarshi kurash shtabi a’zosi Barno Abdusamatova ma’lum qildi.

 Homilador ayollar bilan birgalikda chaqaloqlarda ham  juda minimal foizda koronavirusga chalinish kuzatilmoqda.

 Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ona koronavirus bilan kasallangan bo‘lsa ham yangi tug‘ilgan bolani ko‘krak suti bilan emizishni tavsiya etmoqda. Chunki ko‘krak sutida juda ko‘p immunomodulinlar va kasallikka qarshi kurashuvchi antitanachalar mavjud. Shu bois ona suti bola uchun «birinchi emlash», vazifasini bajaradi.

 Tajribalar ko‘rsatishicha, ona suti chaqaloqlarga vaksinasiyadek ta’sir qilmoqda. Koronavirus bilan kasallangan onadan tug‘ilgan chaqaloqlardan 12-24 soat ichida va 24 soatdan keyin olingan testlar ularning immunitetida kasallik bilan kurashish qobiliyati shakllanganini ko‘rsatmoqda

Kiritildi: 12:51 15.08.2020. O'qildi: 2619 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!