Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

«Oltin to‘p» - 2026 uchun asosiy da’vogar nomi aytildi. Ronaldu 20, Messi 16-o‘rinda

«Oltin to‘p» - 2026 uchun asosiy da’vogar nomi aytildi. Ronaldu 20, Messi 16-o‘rinda

"Real"ning fransiyalik hujumchisi Kilian Mbappe kelasi yilgi "Oltin to‘p" uchun asosiy da’vogar bo‘lib turibdi. Bu haqda Give me Sport xabar berdi.

Reytingning ikkinchi pog‘onasidan Ispaniya terma jamoasi va Kataloniyaning "Barselona" klubi 18 yoshli vingeri Lamin Yamal joy olgan. Uchinchi pog‘onani Myunxenning "Bavariya" klubi to‘purari Xarri Keyn band etgan.

Bu yil nufuzli sovrinni qo‘lga kiritgan "PSJ" vingeri Usmon Dembele to‘rtinchi, "Barselona" xavbeki Pedri esa beshinchi o‘rinda qayd etilgan.

Shuningdek, o‘nlikdan Erling Xoland, Jud Bellingem, Muhammad Saloh, Vinisius Junior va Rodri Ernandes ham joy olgan. Lionel Messi 16-o‘rinni, Krishtianu Ronaldu esa 20-o‘rinni egalladi.

Ma’lumot uchun, kelasi yilgi sovrin taqdirini katta ehtimol bilan JCH-2026 hal qilishi mumkin.

Kiritildi: 17:10 07.10.2025. O'qildi: 1280 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!