Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Oltiariqda paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘ldi

Oltiariqda paxta qabul qilish punktida  yong‘in sodir bo‘ldi

2021-yil 27-sentyabr kuni soat 13:27da Oltiariq tumani “Poloson” MFY, Marg‘ilon ko‘chasida joylashgan paxta qabul qilish punktida yong‘in sodir bo‘layotganligi to‘g‘risida Farg‘ona viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga xabar kelib tushgan.
Voqea joyiga 9 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 13:35 da yetib borib, soat 14:00 da yong‘in qurshab olingan va soat 14:34 da batamom o‘chirilgan.
Hodisa oqibatida jabrlangan va halok bo‘lganlar yo‘q.
Hozirda yong‘in sababi va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.
Hurmatli fuqarolar, paxta tez alanga oluvchi xomashyodir. Mavsumni har tomonlama betalofat o‘tkazishda yong‘in xavfsizligi qoidalariga rioya eting.

Kiritildi: 21:34 27.09.2021. O'qildi: 2665 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!