Bugun 25 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Olimlar qarishni sekinlashtiradigan sabzavotni topishdi

Olimlar qarishni sekinlashtiradigan sabzavotni topishdi

“Sog‘lom ovqatlanish yoshga bog‘liq kasalliklarning rivojlanishiga to‘sqinlik qilishi mumkin. Qarish jarayonini sekinlashtiradigan asosiy oziq-ovqat mahsulotlaridan biri - bu brokkolidir”, deydi olimlar.

Qayd etilishicha, ushbu sabzavot tarkibida lyutein va zeaksantin antioksidantlari, shuningdek, ko‘p miqdorda qarish jarayonini sekinlashtira oladigan biofaol komponent sulforafan mavjud.

Bundan tashqari, brokkoli iste’moli diabetga chalinganlar uchun foydali bo‘lib, qondagi qand miqdorini nazorat qilishda yordam beradi, "yomon" xolesterin va trigliseridlar miqdorini kamaytiradi.

Shuningdek, brokkoli tarkibidagi o‘ziga xos antioksidantlar yurak xuruji xavfini kamaytirishga ko‘maklashib, ichaklarning normal ishlashini ta’minlashga yordam beradi.

Kiritildi: 21:38 06.07.2020. O'qildi: 7253 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!