Bugun 19 aprel, 2024 yil, juma

КИР

Olimlar immunitet hosil bo‘lishi uchun qancha odam koronavirusga chalinishi kerakligini ma’lum qildi

Olimlar immunitet hosil bo‘lishi uchun qancha odam koronavirusga chalinishi kerakligini ma’lum qildi

Insonlarning 50 foizdan ortig‘i infeksiyaga chalinsa, koronavirus epidemiyasining tarqalishi kamaya boshlashi mumkin. Agar insonlarning ma’lum bir qismi avval boshidan ushbu virusga qarshi immunitetga ega deb taxmin qilinsa, kollektiv immunitetni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan foiz miqdori bundan ham kamroq bo‘lishi mumkin. Bu haqda immunologiya va epidemiologiya sohasidagi ekspertlarga tayanib, “RBK” xabar berdi.

Tibbiyot fanlari doktori, Mechnikov nomidagi ilmiy-tadqiqot institutining vaksinoprofilaktika laboratoriyasi mudiri Mixail Kostinovning so‘zlariga ko‘ra, yaxshi immunitet qatlami uchun 75 foiz kasallanganlar kerak. Uning ta’kidlashicha, bu kabi raqamlar gripp bilan kasallanish holatini o‘rganish davomida orttirilgan tajribalardan olingan.

“50 foiz kasallanish ham virus tarqalishini to‘xtatadi, biroq uning samarasi kam. Aholini vaksinasiyalash ko‘lami 25-35 foizni tashkil etsa, epidemiya hech yerga ketmaydi. Ammo koronavirus boshqa infeksiyalardan biroz farq qiladi, shu sababli immunitet qatlami 75 foiz bo‘lsa-da, baribir xavf guruhida odamlar qolaveradi”, — deydi Kostinov.

Shu bilan birga, Kostinovning ta’kidlashicha, vaksinasiya “dunyoni qutqarmaydi” va shaxsiy gigiyenaga rioya qilishni, surunkali kasalliklarni davolashni davom ettirish kerak.

“Shunga qaramay, vaksinasiyasiz ushbu infeksiya rivojlanishini to‘xtatishning iloj yo‘q. Tabiiy immunitet paydo qilingan taqdirda ham xavf saqlanib qoladi, chunki aholi orasida keksalar, surunkali kasallikka ega insonlar va immunitetida nuqsoni borlar mavjud”, — deydi ekspert.

Kiritildi: 17:52 06.07.2020. O'qildi: 8394 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!