Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

Olimlar hayratda: Antarktidaga oddiy chivinlar uchib kelishdi

Olimlar hayratda: Antarktidaga oddiy chivinlar uchib kelishdi

Antarktidada sayyohlar orasida mashhur bo‘lgan Qirol-Jorj orolida oddiy chivinlar paydo bo‘ldi.

Bu haqda Rossiyaning Antarktida ekspedisiyasi rahbari Aleksandr Klepikov ma’lum qildi.

"Qirol-Jorj orolida bir necha kun oldin chivinlar paydo bo‘lishdi. Bu inson omili tufayli ro‘y berdi. Bu esa sayyohlarning ko‘pligi, bundan tashqari, ular uchun juda yaxshi sharoitlar mavjudligi sabab bo‘ldi", - demoqda Klepikov ilgari olimlar Antarktidada chivinlarga duch kelmaganliklarini qo‘shimcha qilgan holda.

"Antarktidada ilgari bunday muammo bo‘lmagan. Olimlar uchun bu g‘ayrioddiy ilmiy va amaliy ish, vaziyatni o‘rganish bo‘yicha loyiha faqat shu mavsumda boshlangan, muammo haligacha hal qilinmoqda", - dedi ekspedisiya rahbari.

 

Kiritildi: 22:47 24.10.2020. O'qildi: 2937 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!