Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Olamshumul tadqiqot: Qur’onda zikri kelgan o‘simlik saratonga qarshi eng yaxshi vosita

Olamshumul tadqiqot: Qur’onda zikri kelgan o‘simlik saratonga qarshi eng yaxshi vosita

AQShning Michigan universiteti olimlari o‘tkazgan tadqiqotlari natijalarini e’lon qilishdi. Ularning ta’kidlashicha, zanjabil (imbir) ildizi saraton hujayralarini o‘ldirishda kimyoterapiyaga qaraganda samaraliroq.

Zanjabil asosan taomlarga ishlatiladigan ziravor hisoblanadi, qadimdan tabiblar uni dorivor o‘simlik sifatida ham qo‘llab kelishgan. Lekin amerikalik olimlarning yaqinda aniqlagan ma’lumotlari o‘simlik haqidagi barcha ijobiy tushunchalarni unutishga sabab bo‘ladi. Tajriba natijalariga ko‘ra, zanjabil saraton hujayralarini kimyoterapiyaga qaraganda yaxshiroq o‘ldiradi. Eng yaxshi samara ayollar tuxumdoni saratoni kasalligini davolashda kuzatildi.

Michigan tibbiyot universiteti olimlarining o‘tkazgan tadqiqotiga muvofiq, zanjabil ildizi hujayralardagi yashash va ko‘payish uchun xizmat qiladigan xavfli vositalarni yo‘q qiladi, eng asosiysi, bunda hech qanday nojo‘ya ta’sirlar kuzatilmaydi, chunki zanjabilning tabiiy xususiyatlari tibbiy sintetik vositalarga qaraganda organizm tomonidan yaxshiroq qabul qilinadi.

Tadqiqotchilar saraton zanjabil ta’sirida 56 %ga kamayishini aniqlashdi. Sal ilgariroq, Saudiya Arabistonilik olimlar zanjabil eleksiri ko‘krak saratoniga olib keluvchi xavfli hujayralarning tarqalishini kamaytirishini isbotlashgan edi. Ta’kidlash joizki, o‘simlik faqat xasta hujayralarga ta’sir etib, sog‘lomlarini hayotda qoldiradi.

Shifokorlar ziravordan saratonning oldini oluvchi vosita sifatida foydalanish mumkinligini e’tirof etishmoqda.

Hozirda ushbu tadqiqot yuzasidan izlanishlar davom etmoqda.

Eslatib o‘tamiz, zanjabil Alloh taolo O‘zining Kalomida eslagan o‘simliklardan biridir: (Jannat) soyalari ularga yaqin va mevalari ham (uzishga oson bo‘lishi uchun) egib qo‘yilgan bo‘lur. Ularga kumush idishlar(da taomlar) va (o‘zi kumushdan yasalgan bo‘lsa-da, shaffoflikda) shisha bo‘lib ketgan qadahlar(da sharoblar) aylantirilur. Shisha bo‘lganda ham kumushdan, (ularni soqiylar) o‘lchab qo‘yganlar. (Jannat ahli) u joyda mizoji zanjabil bo‘lmish qadahlarda (may) ichirilur. U yerdagi chashmaning nomi Salsabil deb atalur (Inson surasi 14-18-oyatlar).

Manba: fitrat.uz

Kiritildi: 06:19 20.02.2019. O'qildi: 5203 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!