Okeanga 16 yil avval tashlangan shisha idishdagi xat Avstraliya sohillarida topildi, deb xabar berdi Daily Mail.
Piterborolik erkak kishi o‘z topilmasi haqida ijtimoiy tarmoqda yozdi. Aytilishicha, xat AQShning Merilend shtatida yashovchi Jo Jonsonga tegishli.
Jonson shisha idishga solingan xatni 2008 yilda Braziliya sohillaridan taxminan 50 kilometr olisda, Atlantika okeaniga tashlagan. Ajablanarlisi, butilka 13 ming kilometr olisga borib qolgan. Xat muallifi uni topib, qaytarib jo‘natgan odamga 20 dollar va’da qilgan.