Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Ohangaron tuman hokimligining yuristi pora bilan qo‘lga tushdi

Ohangaron tuman hokimligining yuristi pora bilan qo‘lga tushdi

Davlat xavfsizlik xizmatining Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda Ohangaron tuman hokimligi bosh yuriskonsulti “Eyvalek” MFYda joylashgan va hokimlik balansida bo‘lgan xonadonni yuqori lavozimda ishlovchi tanishlari orqali fuqaro nomiga rasmiylashtirib berish evaziga 1500 AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Ta’kidlash lozimki, bosh yuriskonsult muqaddam bir necha marotaba sudlangan bo‘lishiga qaramasdan, o‘ziga tegishli xulosa chiqarmagan.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi va 28,211-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:07 09.10.2025. O'qildi: 1104 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!