Bugun 9 dekabr, 2025 yil, seshanba

КИР

OCHL 2. “Andijon” musobaqaning 5-turida ham durang o‘ynadi

OCHL 2. “Andijon” musobaqaning 5-turida ham durang o‘ynadi

Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasi 5-turidan o‘rin olgan “Andijon” hamda “Arqadag‘” jamoalari o‘rtasidagi bellashuv yakunlandi. Andijondagi “Bobur arena”da o‘tgan bahsda tomonlar 1:1 hisobida durang o‘ynadi.

Uchrashuv keskin kurashlar ostida boshlandi. Har ikki jamoa vaqti-vaqti bilan raqib jarima maydonchasi qarshisida xavfli hujum uyushtirdi. Biroq birinchi bo‘limda darvozalar ishg‘ol qilinmadi.

Ikkinchi bo‘lim maydon egalarining bir oz ustunligida boshlandi. Bu ustunlik 63-daqiqaga kelib, hisobda ham aks etdi. Abdvohid G‘ulomovning uzatmasidan keyin “Andijon”ning nigeriyalik hujumchisi Ismoil Akinade hisobni 1:0 ko‘rinishiga keltirdi. Shu tariqa, jamoa musobaqadagi ilk golini kiritdi. Ammo oradan 5 daqiqa o‘tib, Turkmaniston klubi hisobni tenglashtirdi. Didar Durdiyev tomonidan kiritilgan gol evaziga tablodagi natija 1:1 ko‘rinishiga keldi.

Uchrashuvning qolgan daqiqalari ham keskin kurashlar ostida kechdi. Biroq darvozalar boshqa ishg‘ol qilinmadi. Shu tariqa, “Andijon” Osiyo Chempionlar Ligasi 2 musobaqasining 5-turida ham durang o‘ynadi.

“Andijon” ayni paytda onlayn turnir jadvalida 5 ochko bilan 3-o‘rinni egallab turibdi. “Arqadag‘” esa 4 ochko bilan oxirgi o‘rinni band etgan. Guruh yetakchisi Qatarning “Al-Ahli” klubi (7 ochko) bo‘lsa, “Al-Haldiya” 6 ochko bilan ikkinchi pog‘onani egallab turibdi.

Osiyo Chempionlar Ligasi 2, 5-tur
26 noyabr, chorshanba
“Andijon” — “Arqadag‘” 1:1
Gollar: 1:0 — Akinade (63), 1:1 — Durdiyev (68)

Kiritildi: 21:33 26.11.2025. O'qildi: 764 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!