Bugun 21 dekabr, 2024 yil, shanba

КИР

“Ochiqlik indeksi”ga amal qilinmagan taqdirda qanday choralar ko‘riladi?

“Ochiqlik indeksi”ga amal qilinmagan taqdirda qanday choralar ko‘riladi?

Senat yalpi majlisida “Korporativ munosabatlarning huquqiy asoslari yanada takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi qonun muhokamasi juda qizg‘in kechdi.

Qonun asosida qimmatli qog‘ozlar bozorida ochiqlik va shaffoflik ta’minlanadi. Shu bilan birga, bozor ishtirokiga nafaqat mahalliy korxonalar, balki xorijiy investorlarni ham jalb etish imkoni yaratiladi.

Muhokama jarayonida Senat Raisi T.Norboyeva davlat organlari, tashkilotlari “Ochiqlik indeksi”ga amal qilmasa, bunga qanday choralar ko‘rilishi, qonunchilikda belgilangan normalar qanday ishlayotgani haqida Adliya vazirligi vakiliga savol bilan murojaat qildi.

Bu savolga javoban Adliya vaziri o‘rinbosari Alisher Karimov “Ochiqlik indeksi” bo‘yicha davlat organlari tomonidan yoki davlat ulushi mavjud korxonalar tomonidan ma’lumotlarning joylashtirilishi masalasi doimiy ravishda monitoring qilib borilayotganini qayd etdi.

Bu asosan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi tomonidan antikor.uz elektron platformasi orqali monitoring qilinadi va natijalari ommaviy axborot vositalarida e’lon qilinadi.

Senatga va boshqa davlat organlari yuqori turuvchi instansiyalariga ham axborot beriladi. Bu talabni bajarmagan yoki yetarlicha bajarmagan davlat boshqaruvi organlariga nisbatan tegishli choralar ko‘rish bo‘yicha ham tegishli takliflar kiritiladi.

Kiritildi: Bugun 13:40. O'qildi: 276 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!