Bugun 24 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Och yo‘lbarslar Tojikistondagi qishloqlarga hujumga o‘tdi

Och yo‘lbarslar Tojikistondagi qishloqlarga hujumga o‘tdi

Qo‘shni Tojikistonda och yo‘lbarslar mahalliy aholi xonadonlariga hujumga o‘tdi.
Bu haqda Sputnik Tojikiston xabar bermoqda.

Nashr xabariga ko‘ra, Tog‘li-Badax muxtor viloyatida och yo‘lbars mahalliy aholiga tegishli uy jonivorlariga hujum qilib, ularni yeb ketgan.
Hodisa 20 oktyabr kuni tongga yaqin Zong qishlog‘ida yuz bergan.
Tojikiston FVV aholiga yo‘lbars va ayiqlardan saqlanish bo‘yicha tavsiyalarida tog‘da jonivorlarni yakka boqmaslikni maslahat bergan.
Mollarni boqish faqat kunduz kuni, cho‘pon hamrohligida amalga oshishi kerak, har bir molboqar o‘zi bilan yirtqichlardan himoyalovchi individual himoya vositalarini olib yurishi darkorligi qo‘shimcha qilingan.

Kiritildi: 15:45 21.10.2021. O'qildi: 7220 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!