Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

OCH—2020. Janubiy Koreya uchinchi yarimfinalchi

OCH—2020. Janubiy Koreya uchinchi yarimfinalchi

Tailanddagi Osiyo chempionati chorak finali doirasidagi Janubiy Koreya – Iordaniya uchrashuvi yakunlandi.

O‘yinning 16-daqiqasida Cho Gu-Sung koreyslarni hisobda oldinga chiqargan bo‘lsa, 75-daqiqada Yazdon Al-Naymat hisobni tenglashtirdi.

O‘yindagi g‘olib qo‘shimcha bo‘limlarda aniqlanishi kutilayotgan bir paytda, uchrashuvning 90+4-daqiqasida Li Dong Gyong o‘z goli bilan Janubiy Koreya olimpiya jamoasiga yarim final yo‘llanmasini taqdim etdi.

Yarim finalda Janubiy Koreya jamoasi Avstraliyaga qarshi maydonga tushadi. Yana bir yarimfinalchi Saudiya Arabistoni esa BAA–O‘zbekiston juftligi g‘olibini kutmoqda.

Osiyo chempionati (U-23). 19 yanvar (yakshanba)

Janubiy Koreya – Iordaniya – 2:1

Gollar: Cho Gu-Sung (16), Li Dong Gyong (90+4) – Yazdon Al-Naymat (75).

Kiritildi: 19:52 19.01.2020. O'qildi: 1949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!