Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Ob-havo: O‘zbekistonda yana havo sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

Ob-havo: O‘zbekistonda yana havo sovib, qor yog‘ishi kutilmoqda

"O‘zgidromet" xabariga ko‘ra, 23-26 fevralda O‘zbekiston hududiga Volga bo‘yi orqali Rossiyaning Yevropa qismi (Moskva) hududlari ustida shakllangan sovuq va nam havo massalari kirib keladi.

23 fevralda respublika bo‘yicha yomg‘ir yog‘adi, 24 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, tog‘ oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli bo‘ladi.

Havo harorati 24 fevralda kechasi va kunduzi 2-7° iliq bo‘ladi, 25-26 fevralda harorat kechalari 7-12° sovuqqacha, kunduz kunlari 2-7° sovuqqacha pasayadi.

Qoraqalpog‘istonda, Xorazm viloyatida 23 fevralda yog‘ingarchilik (yomg‘ir, qor) bo‘ladi, 24 fevralda yog‘ingarchilik kutilmaydi. 24-25 fevralda Qoraqalpog‘istonda harorat kechalari 17-22° sovuqqacha, kunduz kunlari 10-15° sovuqqacha, Xorazm viloyatida kechalari 12-17° sovuqqacha, kunduz kunlari 5-10° sovuqqacha pasayadi.

23-25 fevralda ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi kutilmoqda, ba’zida esa 25-28 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Kiritildi: 09:53 22.02.2021. O'qildi: 4949 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!