Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

OAVga noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan Samarqand viloyati IIB xodimiga chora ko‘rildi

OAVga noto‘g‘ri ma’lumot taqdim etgan Samarqand viloyati IIB xodimiga chora ko‘rildi

Samarqandda tungi reyd tadbiri davomida TIR-parkda 22 nafar yengil tabiatli ayol ushlanganligi haqida OAVda berilgan xabarda TIR-parklar nomi noto‘g‘ri ketib qolgani uchun Samarqand viloyati IIB xodimiga nisbatan intizomiy jazo choralari ko‘rildi.

27 iyundan 28 iyun kuniga o‘tar kechasi Samarqand viloyat IIB terrorizm va ekstremizmga qarshi kurashish boshqarmasi hamda jamoat tartibini saqlash boshqarmasi xodimlaridan iborat tuzilgan guruhlar tomonidan Oqdaryo tumani hududida joylashgan «Aksoylar» MCHJ, «Xan-Gold servis» va «Feruz trans servis» MCHJ nomli TIR-parklarda o‘tkazilgan tadbirlari davomida yengil tabiatli ayollar ushlangan.

Avtoturargohlarda dam olish maqsadida to‘xtagan chet el fuqarolari bilan avtomashina kabinalarida bo‘lgan vaqtlarida ushlangan yengil tabiatli ayollar Oqdaryo tuman Ichki ishlar bo‘limiga olib kelinib, tegishli tartibda hujjatlar rasmiylashtirilib, ularga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi Kodeksning 190-moddasi (Fohishalik bilan shug‘ullanish) tartibida ma’muriy bayonnomalar tuzilgan.

Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi matbuot xizmatining «Daryo»ga ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan 3 iyul kuni ommaviy axborot vositalarida «Xan-Gold servis» va «Feruz trans servis» MCHJ TIR-parklarining o‘rniga «Delnatali trans» va «Timur servis» nomli TIR-parklar nomi ketib qolganligi aniqlangan.

Ushbu xatoga yo‘l qo‘ylgan xodimga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilib, tegishli intizomiy ta’sir choralari qo‘llanildi.

Kiritildi: 15:30 17.07.2019. O'qildi: 1953 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!