Bugun 23 aprel, 2024 yil, seshanba

КИР

O‘zLiDeP “Aqlli tibbiyot” konsepsiyasini ishlab chiqadi

O‘zLiDeP “Aqlli tibbiyot” konsepsiyasini ishlab chiqadi

Joriy yil parlament quyi palatasiga hamda mahalliy kengashlarga deputatlik saylovlari bo‘lib o‘tadi. Unda muvaffaqiyat qozonish ko‘p jihatdan partiyaning yangilangan dasturi va Saylovoldi dasturi qanchalik xalqchil va dolzarb masalalarni qamrab olganligiga bevosita bog‘liq. Shu maqsadda partiyamizning Harakatlar strategiyasiga mos tarzda yangilangan dasturi va Saylovoldi dasturini ishlab chiqdik.

Xususan, O‘zLiDeP saylovoldi dasturining to‘rtinchi yo‘nalishi – ijtimoiy sohani rivojlantirish borasida o‘z oldiga o‘ta muhim vazifalarni belgilab oldi. Partiyaning asosiy vazifasi — aholini yanada sog‘lomlashtirish, mamlakat sog‘liqni saqlash tizimini dunyodagi ilg‘or talablar darajasiga olib chiqish, “Aqlli tibbiyot” konsepsiyasini ishlab chiqish va joriy etish, ko‘rsatiladigan tibbiy xizmatlarni xalqaro standartlar darajasiga ko‘tarish, kasallanish ko‘rsatkichlarini pasaytirish va aholining uzoq umr ko‘rishini ta’minlashdan iboratdir. Bu borada partiyamiz bir qator istiqbolli loyihalarni hayotga tadbiq etishga tayyor. Nega deganda rivojlanishning innovasion yo‘lidan borayotgan mamlakatlarda “aqlli texnologiyalar” barcha sohalarda keng tatbiq etilmoqda. “Aqlli texnologiyalar”ning asosiy maqsadi esa kam vaqt va kuch sarflab, yuqori natijaga erishishdir.

Shundan kelib chiqqan holda partiyamiz O‘zbekistonni sog‘liqni saqlash tizimida yuqori samaradorlikka erishgan dunyoning eng ilg‘or 30 ta mamlakati qatoriga kiritish, shuningdek, indikatorlar — 2030 yilgacha onalar o‘limi ko‘rsatkichini uchdan biriga, chaqaloqlar va besh yoshgacha bo‘lgan bolalar o‘limini — ikki baravar, aholi o‘rtasida yurak-qon tomir, onkologik kasalliklar, qandli diabet va surunkali respirator kasalliklardan o‘lim holatlarini 30 foizga kamaytirilishiga erishishni maqsad qilgan.

Bundan tashqari, partiya davlat-xususiy sheriklik tamoyillari asosida tibbiyot sifatining tubdan yaxshilanishini yoqlaydi, xususiy tibbiyotni sifatli tibbiy xizmatlarga bo‘lgan talabni qondirish, yanada samarali va zamonaviy texnologiyalarni joriy qilishni lozim, deb biladi. Shu bois 2020 yil va undan keyin ham oilalarda sog‘lom muhitni mustahkamlash, bolalarda, jismoniy tarbiya va sportga muhabbatni yanada kuchaytirish partiyaning ustuvor vazifalaridan biri bo‘lib qolaveradi. Chunonchi, partiya “Bolalari sog‘lom yurtning kelajagi buyukdir” tamoyilining hayotga joriy qilinishi tarafdori. Sog‘lom xalq va sog‘lom avlodsiz esa kelajakni ham, taraqqiyotni ham yaratib bo‘lmaydi.

 Go‘zal IBRAGIMOVA,

 O‘zLiDeP Siyosiy Kengashi Ijroiya qo‘mitasi

ayollar bilan ishlash bo‘limi mas’ul xodimi

Kiritildi: 09:54 13.11.2019. O'qildi: 1491 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!