Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Nyu-Yorkdagi auksionda tirannozavr skeleti rekord narxda sotildi

Nyu-Yorkdagi auksionda tirannozavr skeleti rekord narxda sotildi

Seshanba kuni Nyu-Yorkdagi "Christie's" kim oshdi savdosida tirannozavr skeleti 31,8 million AQSh dollardan ko‘proqqa sotildi. 

«Christie's savdo-sotiq bo‘yicha jahon rekordini o‘rnatdi. «Sten» nomli tirannozavr 31 847 500 AQSh dollariga sotildi», - deyiladi xabarda.

Tavsifda ko‘rsatilgandek, bu tirannozavrning eng yaxshi saqlanib qolgan skeletlaridan biridir. Uning 188 ta suyagi bor. U havaskor paleontolog Sten Sekrison tomonidan 1987 yilda Janubiy Dakotada qazish ishlari paytida topilgan. Dastlab, topilma triseratop o‘txo‘r hayvon dinozavr skeletining bir qismi ekanligi aytilgan. Faqat 1992 yilda olimlar u tirannozavr skeleti degan xulosaga kelishdi.

Mutaxassislarning fikriga ko‘ra, tirannozavrning og‘irligi 7-8 tonnani tashkil etadi, bu katta Afrika filining og‘irligidan ikki baravar ko‘pdir. Tishlarning uzunligi 27 sm dan ortiq.

Avvalgi rekord 23 yil oldin o‘rnatilgandi. 1997 yilda tirannozavr skeleti Chikagodagi Fild tabiat tarixi muzeyi kim oshdi savdosida 8,36 million AQSh dollarga sotilgan.

Kiritildi: 17:30 07.10.2020. O'qildi: 2260 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!