AQSh Immigrasiya va bojxona nazorati (ICE) Nyu-York shahrining yangi meri Zohran Mamdanining inaugurasiyasidan keyin noqonuniy immigrasiyaga qarshi kurashni davom ettiradi.
Bu haqda Oq uy matbuot kotibi Kerolin Levitt AQSh prezidenti Donald Tramp va saylangan mer o‘rtasidagi uchrashuvni sharhlar ekan.
"Albatta, biz noqonuniy muhojirlarni ommaviy deportasiya qilishni davom ettiramiz. ICE Nyu-York shahridagi faoliyatini davom ettiradi. Bu haqda bugun Oval kabinetda muhokama qilindi. Prezident Tramp hech qachon o‘z tamoyillaridan voz kechmaydi, lekin u bu mamlakatni yana buyuk qilish istagida bo‘lgan odamlar bilan ishlashga doim tayyor", - dedi u Fox News telekanaliga bergan intervyusida.
Nyu-York meri lavozimiga nomzod, demokrat Zohran Mamdani avvalroq shahar polisiyasi ICE bilan hamkorlik qilmasligini aytgan edi. U, shuningdek, uning davrida Nyu-York "immigrantlar tomonidan qurilgan, muhojirlar tomonidan boshqariladigan va endi immigrantlar tomonidan boshqariladigan muhojirlar shahri bo‘lib qolishini" va’da qildi.