Bugun 21 iyul, 2025 yil, dushanba

КИР

Nursultonda jamoat transporti harakati bir kunga to‘xtatiladi

A A A
Nursultonda jamoat transporti harakati bir kunga to‘xtatiladi

Qozog‘iston poytaxti Nursulton shahrida 25 oktyabr yakshanba kuni jamoat transporti harakati bir kunga butkul to‘xtatiladi.

Bu haqda «Kazinform» agentligi xabar berdi.  Harakat 26 oktyabrdan qayta tiklanadi. Boshqa kunlari odatdagidek ishlaydi.

«Aholini sanitariya qoidalariga amal qilishga chaqiramiz va avtobusga niqobsiz chiqish taqiqlanganini eslatib ketamiz. Yo‘l haqi faqat naqdsiz usulda to‘lanadi», degan «City Transportation Systems» vakili.

Qozog‘istonda jamoat transporti har kuni dezinfeksiya qilinyapti. Asosiy e’tibor yo‘lovchilar ko‘p tegadigan tutqichlar, turniketlar va boshqa ashyolarga qaratilgan. Shuningdek,

Transport nazorati departamenti xodimlari har kuni reyd o‘tkazib, yo‘lovchi va haydovchilarning sanitariya qoidalariga rioya qilishlarini tekshirmoqda.

 

     

    Kiritildi: 03:00 24.10.2020. O'qildi: 1804 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
    telegram channel

    Eng ko'p o'qilgan yangilik

    Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!