Bugun 17 aprel, 2024 yil, chorshanba

КИР

Nukuslik ota farzandiga aliment o‘rniga o‘z uyini berdi

Nukuslik ota farzandiga aliment o‘rniga o‘z uyini berdi

Nukus tumanlararo fuqarolik ishlari bo‘yicha sudining 13.06.2019 yildagi ijro hujjatiga asosan qarzdor I.Matkarimovdan undiruvchi A.Tajimuratovaning foydasiga bir nafar farzandining ta’minoti uchun ish haqi va boshqa daromadlarining ¼ qismi miqdorida aliment undirish to‘g‘risidagi ijro hujjati Majburiy ijro byurosi Nukus shahar bo‘limi ish yurituviga kelib tushgan.

Majburiy ijro harakatlari davomida, aliment nafaqasi 2020 yilning dekabr oyigacha muntazam to‘lanib kelingan. Lekin, davlat ijrochilarining bir necha bor ogohlantirishlariga qaramasdan, aliment nafaqasi joriy yilning yanvar oyidan boshlab to‘lanmay kelingan.

Shu sababli, bo‘lim xodimlari tomonidan qarzdorga to‘lanmagan aliment qarzdorligi uchun kelib chiqishi mumkin bo‘lgan huquqiy oqibatlari tushuntirilgandan keyin, qarzdor ota aliment qarzdorligi evaziga o‘z uyini bolalariga berish istagini bildirgan.

Shundan keyin, ikki tarafning o‘zaro kelishuvi bilan, mazkur ijro hujjati O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 06.10.2018 yildagi 808-sonli qaroriga muvofiq, qarzdor ota farzandining voyaga yetguniga qadar to‘lanadigan aliment nafaqa po‘li evaziga, o‘z nomidagi uyini notarial tartibda A.Tajimuratovaning nomiga sovg‘a tariqasida rasmiylashtirib berdi va natijada, hali voyaga yetmagan farzandlar o‘z uy-joylariga ega bo‘lishdi.

Kiritildi: 15:38 02.08.2021. O'qildi: 1763 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!