Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

Nukus tumanida yerdan noqonuniy foydalanganlik holati aniqlandi

Nukus tumanida yerdan noqonuniy  foydalanganlik holati aniqlandi

Prokuratura organlari tomonidan yer maydonlaridan noqonuniy foydalanish va egallab olishning oldini olish bo‘yicha nazorat tadbirlari o‘tkazilmoqda.

Jumaladan, Nukus tumani hokimning qarori bilan “D.limon” MCHJga issiqxona qurish va limon mahsulotlari yetishtirish uchun jami 22,4 gektar yer maydoni ajratilgan.

Biroq, jamiyat mansabdor shaxslari tomonidan ajratilgan yer maydonida noqonuniy ravishda turar joy imoratlari qurilib, fuqarolarga aldab sotib yuborilganligi aniqlangan.

O‘z navbatda, tuman yer resurslari va davlat kadastri va qurilish bo‘limi mansabdor shaxslari  ajratilgan ekin yer maydonlaridan maqsadli foydalanilishini nazorat qilmaganliklari oqibatida davlat manfaatlariga jiddiy ziyon yetkazilishiga sabab bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan 11.02.2020 yilda Nukus tumani prokuraturasi tomonidan JKning 168 va 208-moddalari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Tergov harakatlari olib borilmoqda.

Kiritildi: 12:44 12.02.2020. O'qildi: 1962 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!