Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

“Nu, pogodi!” eng mashhur top multfilmlar ro‘yxatida yetakchilikni qo‘lga kiritdi

“Nu, pogodi!” eng mashhur top multfilmlar ro‘yxatida yetakchilikni qo‘lga kiritdi

“Nu, pogodi!” (Hali senmi, shoshmay tur!) multfilmi “Soyuzmultfilm”ning rasmiy YouTube kanalida eng mashhur multfilm, deb topildi.

Ushbu yetakchi multfilmlar top ro‘yxatiga Leonid Shvarsmanning “Maymunlar” (Obezyanki) va Fedor Xitrukning “Vinni Pux”, Leonid Nosirevning “Antoshka”si ham kiritilgan.

“Nu, pogodi!”, “Soyuzmultfilm” kinostudiyasining oltin kolleksiyasida eng ko‘p ko‘rilgan multfilm bo‘ldi. Studiya ushbu mashhur multserialning yangi siklini suratga olishni rejalashtirayotgan edi.

Ilk fasl 52-qismdan iborat bo‘lishi kutilmoqda. Ma’lum bo‘lishicha, multfilmning bosh qahramonlari – bo‘ri va quyonning vizual obrazlarini o‘zgartirish rejalashtirilmoqda.

Ularni yanada rivojlantirib, aktual darajaga chiqarishadi. Biroq shu bilan birga multfilmning originallik g‘oyasi saqlanib qoladi.

Kiritildi: 20:24 23.05.2020. O'qildi: 5918 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!