"Norvegiya qurolli kuchlari Ukrainaga 155 millimetrli 10 mingta artilleriya snaryadlarini jo‘natdi", — deb xabar berdi Norvegiya Mudofaa vazirligi.
O‘q-dorilar allaqachon mamlakatdan chiqib ketgan.
Norvegiya armiyasining qo‘shimcha qilishicha, snaryadlar bir necha turdagi qurollar, jumladan M-109 o‘ziyurar gaubisa uchun qo‘llanishi mumkin. Joriy haftada Forbes jurnali G‘arb davlatlari Ukrainaga 50 ga yaqin gaubisa yetkazib berganini xabar qildi.
Norvegiya mudofaa vaziri Byorn Arild Gram mamlakat Ukraina Qurolli kuchlarini qurol-yarog‘ bilan ta’minlashda davom etishini ta’kidladi.