Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Nogironlikni belgilash bo‘yicha 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati yangi tahrirda tasdiqlandi

 Nogironlikni belgilash bo‘yicha 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati yangi tahrirda tasdiqlandi

📊 Mavjud tizim bo‘yicha o‘zgalar parvarishiga muhtoj bolalarning kasalliklari ro‘yxatida (34 ta) xastalikning klinik jarayoni, organizm funksiyasining buzilishlari haqida muhtojlik davri aniq ko‘rsatilmagan.

📋 Qaror bilan o‘zgalar parvarishiga muhtoj bo‘lgan 18 yoshgacha bolalarning kasalliklari ro‘yxati yangi tahrirda tasdiqlandi.

❌ Shuningdek, avval yagona yondashuvni shakllantirish hamda tuman (shahar) ekspert komissiyalariga uslubiy ko‘mak berib borish tizimli ravishda yo‘lga qo‘yilmagan hamda ko‘rik ishlarini nazorat tariqasida yoki fuqarolarning arizalari asosida respublika darajasida o‘rganish yo‘lga qo‘yilmagan.

✅ Endilikda, Tibbiy ijtimoiy ekspertiza tizimida yagona yondashuvni shakllantirish maqsadida 130 ta hududiy TIEKlarga uslubiy ko‘mak beriladi.

‼️ Bunda TIEKlar tarkibida bir nechta tibbiy komissiya tashkil etiladi. Respublika komissiyasi tarkibi terapevt, xirurg, nevrolog, pediatr, oftalmolog, psixiatr, ftiziatr vrach-ekspertlardan iborat.

Kiritildi: 18:15 23.09.2025. O'qildi: 751 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!