Bugun 28 mart, 2024 yil, payshanba

КИР

Niyatini oxirigacha yetkaza olmagan bosqinchi

Niyatini oxirigacha yetkaza olmagan bosqinchi

Namangan viloyati. 2022 yil 1 oktyabr kuni soat 02:00 larda Namangan tumani Ko‘rkam ko‘chasida yashovchi 35 yoshli T.M. tuman IIBga ariza bilan murojaat qilib, unda shu kuni soat 02:00 larda noma’lum shaxs uning yashash hovlisiga devor oshish yo‘li bilan g‘ayriqonuniy ravishda kirib, hovlida turgan usta teshadan qurol sifatida foydalangan va yuz qismiga qora rangli niqob taqqan holda, u yotgan yotoqxonaga qo‘lidagi tesha bilan bostirib kirib, bo‘yin qismidan bo‘g‘ib, tilla va pul talab qilgan vaqtida noma’lum shaxsni ovozi tanish bo‘lganligi uchun uni ismi bilan chaqirganligi, shunda noma’lum shaxsni qo‘lidagi teshani tortib olib, yuzidagi niqobini qo‘li bilan yechgani hamda bo‘yin qismidan bo‘g‘ganida, ushbu shaxs haqiqatdan xam uning ismi bilan chaqirgan tanishi ekanligini bilib qolganligini va ushbu shaxs qochib ketganligini ma’lum qilib, unga nisbatan qonuniy chora ko‘rishlikni so‘ragan.

Voqea sodir bo‘lgan joyni ko‘zdan kechirish jarayonida, jabrlanuvchining yotoqxonasidan 1 dona sintetik matodan ishlangan qora rangli niqob, 1 dona tesha daliliy ashyo sifatida rasmiylashtirib olingan.

Olib borilgan tergov-tezkor ishlari natijasida, ushbu bosqinchilik jinoyatini Namangan tumani Nodira ko‘chasida yashovchi 24 yoshli A.D. tomonidan sodir etilganligi aniqlanib, ushlangan.

Mazkur holat yuzasidan Namangan tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan A.D.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksning 164-moddasi 3-qismi “V” bandi (bosqinchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Kiritildi: 15:11 05.10.2022. O'qildi: 2089 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!