Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

"Nissan" Rossiya va Ukrainadagi faoliyatini bir yilga to‘xtatdi

"Nissan" Rossiya va Ukrainadagi faoliyatini bir yilga to‘xtatdi

"Nissan" ta’minot va logistika muammolari tufayli Rossiya va Ukrainadagi faoliyatini bir yilga to‘xtatdi

Yaponiyaning "Nissan Motor" avtomobilsozlik kompaniyasi Rossiya va Ukrainadagi faoliyatini bir yilga to‘xtatdi. Bu haqda kompaniya bosh direktori Makoto Uchida 2021-moliyaviy yil yakunlari bo‘yicha hisobot taqdimotiga bag‘ishlangan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, ta’minot va logistika bilan bog‘liq muammolar tufayli shunday qaror qabul qilingan.

"Biz hisobotda Rossiya Federasiyasi va Ukraina bo‘yicha ma’lumotlarni hisobga olmadik. Operasiyalar bir yilga to‘xtatiladi, deb taxmin qilamiz", dedi Uchida.

Avvalroq, Janubiy Koreyaning "Hyundai" avtomobilsozlik konserni Rossiyaning Sankt-Peterburg shahridagi kompaniyaning sho‘’ba brendi "Kia" avtomobillarini ishlab chiqaradigan zavodi ishini davom ettirayotgani haqidagi ma’lumotni rad etgan edi.

Kompaniya matbuot xizmati tomonidan ma’lum qilinishicha, Rossiyadagi zavod barcha ishlab chiqarishni muzlatib qo‘ygan ham ishni qayta boshlash vaqti haqida hali qaror qabul qilinmagan.

Kiritildi: 13:50 14.05.2022. O'qildi: 2335 marta. Fikrlar soni: 1 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!