Bugun 18 aprel, 2024 yil, payshanba

КИР

Nima uchun ijodiy imtihon va magistratura javoblari e’lon qilinmayapti?

Nima uchun ijodiy imtihon va magistratura javoblari e’lon qilinmayapti?

Bugun 25 avgust, yangi o‘quv yiliga sanoqli kunlar qoldi. Ammo haligacha bakalavrda ijodiy imtihon asosida qabul bo‘ladigan yo‘nalishlar hamda magistraturaning yakuniy natijalari e’lon qilinmadi.

1 mln nafarga yaqin abituriyentlarning test natijalarini e’lon qilish 1 kunga kechikkani uchun qaaaancha e’tirozlarga sabab bo‘lganini ko‘rdik. Ammo nima uchun shuncha paytdan buyon ijodiy imtihon va magistratura javoblari e’lon qilinmayapti? Cho‘zishdan maqsad nima? Hech bo‘lmasa natijalar nima uchun kechikayotgani haqida xalqqa ochiq-oydin tushuntirish bersa bo‘lmaydimi?

Olingan norasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, bunda ham xuddi testlar bilan bog‘liq holat takrorlanayotgan ekan. Ya’ni yakuniy natijalar allaqachon tayyor, ammo Davlat qabul komissiyasining tasdiqlab berilishi kutilmoqda... Qancha kutiladi, bunisini bilmadim.

Va imkoni bo‘lsa, ijodiy imtihonlar yoki magistraturaning yakuniy natijalarini internet orqali ko‘rish imkoniyatini yaratish kerak (hech bo‘lmasa, natijalarni Pdf shaklida yuklab). Abituriyentlar albatta OTMga borib, ilingan qog‘ozlarga qarab kelishga majbur bo‘lmasligi kerak.

Kiritildi: 20:32 25.08.2019. O'qildi: 3111 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!