Bugun 20 aprel, 2024 yil, shanba

КИР

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Bosh harbiy prokurori bilan uchrashdi

Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Bosh harbiy prokurori bilan uchrashdi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh prokurori Nig‘matilla Yo‘ldoshev Rossiya Bosh harbiy prokurori Valeriy Petrov boshchiligidagi delegasiyani qabul qildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar berdi.Uchrashuv davomida mehmonlarga O‘zbekiston prokuraturasi faoliyatining ustuvor yo‘nalishlari va asosiy o‘zgarishlari haqida ma’lumot berildi.

Uchrashuv ishtirokchilari ikki tomonlama hamkorlikning keng ko‘lamli masalalari, avvalo, ekstremizm, terrorizm va uyushgan jinoyatchilikning boshqa shakllariga qarshi kurashish yuzasidan fikr almashdi.

Shuningdek, tomonlar o‘zlariga qiziq bo‘lgan keng ko‘lamli masalalarni muhokama qildi, idoralararo hamkorlikni rivojlantirish istiqbollari yuzasidan fikr almashdi.

Qayd etilishicha, O‘zbekiston tomoni Rossiya delegasiyasining tashrifini ikki davlat prokuraturalari o‘rtasidagi munosabatlarni rivojlantirishda muhim voqea deb biladi.

O‘z navbatida, Valeriy Petrov mehmondo‘stlik va samimiy qabul uchun O‘zbekiston Bosh prokuroriga samimiy minnatdorlik bildirdi va Rossiya Bosh harbiy prokuraturasining asosiy faoliyati bilan tanishtirdi.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro manfaatli idoralararo hamkorlikni rivojlantirishga tayyor ekanligini bildirdi. Xususan, jinoyatchilikning oldini olish va bartaraf etish, zamonaviy axborot-kommunikasiya texnologiyalarini qo‘llash hamda prokuratura kadrlarini tizimli o‘qitish, tayyorlash, qayta tayyorlash va malaka oshirish sohalarida tajriba almashish orqali hamkorlikni rivojlantirish ko‘zda tutildi.

Manba: daryo. uz

Kiritildi: 22:00 13.11.2019. O'qildi: 1680 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!