Niderlandiyaning to‘rtta beshinchi avlod F-35 qiruvchi samolyotlari guruhi Boltiqbo‘yi davlatlari ustidan havo patrullarini o‘tkazish uchun Estoniyadagi Amari aviabazasiga yetib keldi.
Bu haqda Niderlandiya harbiy departamenti ma’lum qildi.
NATO rotasiyasi doirasida ular 2025 yilning 31 martigacha patrul missiyalarini bajaradilar.
Yil boshida Estoniyaning Amari aviabazasida muntazam ravishda rotasiya asosida joylashtirilgan NATO qiruvchi samolyotlari uchish-qo‘nish yo‘lagini modernizasiya qilish tufayli uni tark etishdi.
Samolyot vaqtincha Latviyadagi Liyelvarde aviabazasiga ko‘chirildi.