Bugun 29 noyabr, 2024 yil, juma

КИР

Netanyaxu “Hizbulloh” kelishuvni buzsa, qanday chora ko‘rishini aytdi

Netanyaxu “Hizbulloh” kelishuvni buzsa, qanday chora ko‘rishini aytdi

Livanda o‘t ochishni to‘xtatish to‘g‘risidagi kelishuv buzilsa, Isroil keng ko‘lamli urushga tayyor bo‘ladi. Bu haqda yahudiy davlati bosh vaziri Binyamin Netanyaxu ma’lum qildi.

“Biz (kelishuv) buzilganda shiddatli urushga tayyorgarlik ko‘ramiz”, dedi u.

Netanyaxu kelishuv Isroil tomoni “xohlagan narsaga erishgani” uchun imzolanganini aytdi. 28 noyabr kuni Livan yahudiy davlatini “Hizbulloh” bilan erishilgan kelishuvni buzishda aybladi. Jumladan, Isroil “har xil turdagi qurollardan foydalangan holda” zarbalar bergani aytilmoqda.

Isroil armiyasi “Hizbulloh”ning “shubhali faolligi” tufayli Livan janubiga havo hujumlari uyushtirilgani ma’lum qildi. Keyinroq yahudiy armiyasi bosh shtabi boshlig‘i Gersi Xalevi sulhning har qanday buzilishiga olov bilan javob berilishini ta’kidladi.

Kiritildi: Bugun 10:10. O'qildi: 641 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!