Bugun 7 dekabr, 2025 yil, yakshanba

КИР

Netanyahuning G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan kemalarga qilingan hujumni shaxsan ma’qullagani ma’lum bo‘ldi

Netanyahuning G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan kemalarga qilingan hujumni shaxsan ma’qullagani ma’lum bo‘ldi

Isroil bosh vaziri Binyamin Netanyahu G‘azoga gumanitar yordam olib ketayotgan kemalarga qilingan hujumni shaxsan ma’qullagan, deb xabar berdi CBS News.

Bayonotda qayd etilishicha, “Netanyahu o‘tgan oy boshida G‘azoga gumanitar yordam va falastin tarafdorlari, jumladan, shved iqlim faoli Greta Tunberg ishtirok etgan flotiliya tarkibidagi ikki kemaga nisbatan harbiy amaliyotlarni shaxsan ma’qullagan.”


AQSh razvedkasi manbalariga ko‘ra, 8–9 sentyabr kunlari Isroil qo‘shinlari Tunisning Sidi Bu Said porti yaqinida tugatilgan kemalarga suv osti kemasidan uchuvchisiz qurilmalarni jo‘natgan va natijada kema bortlarida yong‘in kelib chiqqan.

Manbalar ta’kidlashicha, xalqaro insonparvarlik huquqiga binoan, tinch aholi yoki fuqarolik ob’ektlariga nisbatan yong‘in chiqaruvchi qurollardan foydalanish har qanday sharoitda ham mutlaqo taqiqlanadi.

Kiritildi: 14:29 04.10.2025. O'qildi: 1305 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!