Bugun 29 mart, 2024 yil, juma

КИР

«Nega o‘zbekistonliklar mahsulotlarni qimmatga sotib olishi kerak?»

«Nega o‘zbekistonliklar mahsulotlarni qimmatga sotib olishi kerak?»

Oliy Majlis Senatining Byudjet va iqtisodiy islohotlar masalalari qo‘mitasi tomonidan o‘tkazilgan anjumanda qo‘mita a’zosi Ulug‘bek Sotvoldiyev bojxona tizimidagi kamchiliklarni sanab o‘tdi.

«Qo‘shni davlatlarda bizga nisbatan bojxona va soliq yuki yengil bo‘lgani sababli mahsulotlarning qo‘shilgan qiymati va soliq to‘lovlari ularda qolgan holda qontrabanda bo‘lib kirib kelyapti. Holat oldini olib bo‘lmayapti. O‘z-o‘zidan savol tug‘iladi: nega O‘zbekiston aholisi qo‘shni davlat fuqarolaridan ko‘ra mahsulotlarni qimmatga sotib olishi kerak? Oxirgi paytlarda fuqarolar qo‘shni davlatlar mahsulotlarini iste’mol qilishga qiziqishi ortib boryayotgani bejizga emas, chunki ichki bozorimizda keng tanlov yo‘q. Erkaklar va bolalar kiyimlari ishlab chiqarish rivojlangan, ammo ayollar liboslariga kelganda xomashyo va aksessuarlar yetishmaydi», deya uning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.

Qo‘mita a’zosi Ulug‘bek Sotvoldiyev to‘qimachilik sohasida Qirg‘iziston tajribasini misol qilib keltirdi. Unga ko‘ra, qo‘shni mamlakatda boj yuki yengil. Tovar ishlab chiqarishga xomashyo yetarli. Avvaliga Qirg‘iziston bozorlarida chetdan kelgan mahsulotlar sotila boshlandi. Keyin sekin-astalik bilan mahalliy sharoitda to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarila boshlandi. Bugungi kunga kelib tanlov kengaydi va tijorat gullab-yashnayapti.

Sotvoldiyev eksportga chiqarilayotgan qishloq xo‘jaligi mahsulotlari hisobi yuritilayotgani, lekin ichki bozordagi mahsulotlar savdosi yashirin yo‘l bilan amalga oshmayotganini tanqid qildi. Uning aytishicha, qishloq xo‘jaligi mahsulotlarini yetishtirish va sotish nazoratsiz. Bunda yashirin iqtisodiyot sharoiti yaratilishi uchun imkoniyat ham, joziba ham yuqori. Ko‘chmas mulklar qurilishi va sotilishida ham shu ahvol. Mamlakatda ishlab chiqarilayotgan boshqa mahsulotlar ham yashirin iqtisodiyot omilidir. Import bo‘lib kirib kelayotgan mahsulotlar kontrabanda yo‘li bilan iste’molchiga yetkazib berilyapti.

Kiritildi: 20:16 12.07.2019. O'qildi: 2078 marta. Fikrlar soni: 0 ta.
telegram channel

Bo'limga tegishli qiziqarli xabarlar

Eng ko'p o'qilgan yangilik

Fikr bildirish uchun qaydnomadan o'tishingiz so'raladi va telefon rakamni tasdiklash kerak buladi!